Yordam

Moliya

Ota-onadan toʻlovni qanday qabul qilish

Ota-ona naqd yoki oʻtkazma bilan toʻladi — buni qanday kiritish

Toʻlov aniq guruhga kiritiladi, «umuman» emas. Qarz har bir guruh boʻyicha alohida hisoblanadi, va notoʻgʻri joyga kiritilgan toʻlov ota-ona allaqachon toʻlagan joyda minus qoldiradi.

Kiritishni oʻquvchi kartasidan yoki Moliya → Toʻlovlar boʻlimidan qilish mumkin.

Nimani koʻrsatish kerak

  • Guruh — qaysi oʻqish uchun toʻlanmoqda.
  • Sana — toʻlov oʻzi kiritilgan davrning qarzini yopadi, joriy davrnikini emas.
  • Usul — naqd, oʻtkazma, karta: kun oxirida kassa toʻgʻri chiqishi uchun kerak.

Oldindan toʻlov

Uch oyga toʻlangan boʻlsa, summa davrlar boʻyicha oʻzi taqsimlanadi. Kartada oʻquvchi qaysi sanagacha toʻlagani koʻrinadi — eslatmalarda ham shu sana ishlatiladi.

Qaytarish

Toʻlovni oʻchirish bilan emas, alohida amal bilan rasmiylashtiriladi. Oʻchirilgan toʻlov tarixdan yoʻqoladi — kassa toʻgʻri chiqmaydi, sababini esa topib boʻlmaydi.

Yordam bermadimi?

Bizga yozing — shu mavzu boʻyicha. Javob beramiz va maqolani toʻldiramiz, keyingi odam javobni oʻzi topsin.

Telegramga yozish