SI va avtomatlashtirish
SI-qoʻngʻiroqlar: qarzdorlar va lidlarni obzvon qilish
Obzvon qiladigan odam yoʻq: arizalar koʻp, administrator bitta
SI → SI-qoʻngʻiroqlar boʻlimi. Tizim oʻzi qoʻngʻiroq qiladi: yangi arizalarga — sinov darsiga yozish uchun, qarzdorlarga — toʻlovni eslatish uchun.
Suhbat rus yoki oʻzbek tilida ovoz bilan olib boriladi, qarshi savollarga markazingiz maʼlumoti asosida javob beradi va natijani kartaga yozadi.
Obzvondan keyin nima koʻrinadi
- Kim goʻshakni koʻtardi, kim yoʻq.
- Suhbat matni.
- Yakun: yozildi, oʻylab koʻradi, rad etdi va qanday eʼtiroz aytilgani.
- Eng yaxshi qoʻngʻiroq vaqti — keyingi obzvonlarni shunga qarab rejalashtirish kerak.
U nima qilmaydi
Qarzning aniq summasini ovoz bilan aytmaydi: raqamdagi xato eslatmaning oʻzidan qimmat turadi. U qarzdorlik borligini aytadi va bogʻlanishni taklif qiladi.
Toʻxtatish roʻyxati
Mijoz boshqa qoʻngʻiroq qilmaslikni soʻrasa, u toʻxtatish roʻyxatiga tushadi va barcha obzvonlardan chiqariladi.
Yordam bermadimi?
Bizga yozing — shu mavzu boʻyicha. Javob beramiz va maqolani toʻldiramiz, keyingi odam javobni oʻzi topsin.
Telegramga yozish